29–30 noyabr kunlari Tashkent Tech bepul Foundation tayyorgarlik dasturi bo‘yicha kirish imtihonlarini o‘tkazdi. Ushbu dastur xalqaro darajadagi muhandislik ta’limini olishni maqsad qilgan abituriyentlarga mo‘ljallangan. Imtihonlar matematika va fizika fanlaridan o‘tkazildi. Saralash jarayonida nafaqat nazariy bilimlar va formulalarni bilish, balki ularni amaliy masalalarni yechishda qo‘llash qobiliyati, mantiqiy fikrlash, diqqatlilik va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qishga bo‘lgan umumiy salohiyat baholandi.
Test natijalari allaqachon e’lon qilindi!
Har bir abituriyent o‘z natijasini quyidagi usullardan birida bilib olishi mumkin:
- maxsus Telegram-bot orqali ID raqamini kiritib,
- e’lon qilingan faylni yuklab olib,
- yoki call-markazimizga qo‘ng‘iroq qilib.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni tabriklaymiz!
Yuqori bilim darajasini ko‘rsatgan abituriyentlar
Siz test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdingiz va yuqori natija ko‘rsatdingiz. Siz Tashkent Tech Foundation dasturiga qabul qilindingiz, dastur 2026-yil yanvarida boshlanadi.
Universitet vakillari siz bilan bog‘lanib, keyingi bosqichlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Kutish ro‘yxatidagi abituriyentlar uchun
Ayni paytda siz Foundation dasturiga qabul bo‘yicha kutish ro‘yxatidasiz. Bir hafta ichida universitet xodimlari siz bilan bog‘lanib, keyingi jarayonlar haqida ma’lumot beradi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha abituriyentlardan minnatdormiz!
Sizning muhandislik ta’limiga bo‘lgan qiziqishingizni qadrlaymiz va bilimga intilish — kelajakda O‘zbekiston va butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir qiladigan texnologiyalarni yaratishga olib boradigan muhim qadam ekanligiga ishonamiz.
Tashkent Tech barchangizga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi!