“TASHKENT TECH” texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

8 May, 2025
123

8-may kuni Tashkiliy qo‘mita topshirig‘iga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “TASHKENT TECH” texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov olib bordi. Unda yangi oliygohning milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi, texnik ta’lim nufuzini oshirishdagi roli va ilg‘or xorijiy tajribaga tayanish zarurati muhokama qilindi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, xalqaro miqyosda mashhur bo‘lgan “The Boston Consulting Group” kompaniyasi vakillari hamda texnik ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mazkur universitetni tashkil etish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar, hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlar belgilab olindi. Universitet muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning faoliyatida xorijiy ekspertlar ishtirokini ta’minlash alohida e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.


Phone mockups Phone mockups Phone mockups Phone mockups

Ko’p so‘raladigan savollar

Hamkorlar