20-dekabr kuni Tashkent Tech universitetida Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi, unda 300 dan ortiq ishtirokchilar — abituriyentlar, litsey, texnikum, maktab o’quvchilari va ularning ota-onalari tashrif buyurishdi. Tadbir universitet, uning infratuzilmasi, ta'lim dasturlari va o'qituvchilar tarkibi bilan tanishish uchun platformaga aylandi.
Ochiq eshiklar kunida universitetning rasmiy taqdimoti bo'lib o'tdi, unda Tashkent Techning missiyasi, strategik maqsadlari va mamlakatda texnik ta'limni rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Acwa Power va BCG xalqaro konsalting kompaniyasi vakillarining chiqishlari abituriyentlar orasida alohida qiziqish uyg'otdi, ular muhandislik kadrlariga bo'lgan talab va ta'limning iqtisodiyot sektori bilan yaqin aloqasi muhimligini ta'kidladilar.
Tadbir doirasida, bo'lajak talabalarga universitet ta'lim formatiga moslashishga, asosiy fanlar bo'yicha bilimlarni oshirishga va mutaxassislik tanlash to'g'risida qaror qabul qilishga yordam beradigan abituriyentlar uchun Foundation (tayyorlov kursi) maxsus dasturi taqdim etildi. Ishtirokchilarning ko’pligi, ushbu dasturning dolzarbliligini ko’rsatib berdi.
Tadbir kuni Foundation dasturi bo'yicha birinchi kirish darsi bo'lib o'tdi, unda o’quvchilar ta'lim formati, bakalavr yo’nalishiga qabul talablari va imkoniyatlari bilan tanishdilar. Bu bo'lajak talabalarga universitet muhiti va o'qitish darajasini amalda his qilish imkonini berdi.
Tashkent Tech Universitetidagi Ochiq eshiklar kuni yoshlarning texnik ta'limga katta qiziqishini ko’rsatdi va universitetning yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan zamonaviy, istiqbolli va jadal rivojlanayotgan ta'lim muassasasi maqomini tasdiqladi.