“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi

12 Sentyabr, 2025
15

"Toshkent shahrida "ToshTech" texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–274-son, 11.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida "ToshTech" texnika universiteti tashkil etiladi.

Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi

2025/2026 o‘quv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1-yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

2029/2030 o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.


Phone mockups Phone mockups Phone mockups Phone mockups

Ko’p so‘raladigan savollar

Hamkorlar