Adham Xudoyqulov ToshTech texnika universiteti rektori etib tayinlandi, deb xabar qildi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Avvalroq davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev uni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari lavozimidan ozod qilgan edi.
ToshTech universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 9-sentabr kuni qabul qilingan. Universitet moliyaviy, akademik va tashkiliy mustaqillikka ega bo‘ladi.
ToshTech keyingi o‘quv yilidan boshlab o‘zining ilk talabalarini bakalavriatga qabul qiladi.
“Kursiv Uzbekistan” nashri Baxtiyor Yo‘ldoshev Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi direktori lavozimiga vakant bo‘lganini yozdi.