Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif chogʻida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham tanishdi
ToshTech texnika universitetida o'quv yili boshlandi.
Bugun ToshTech texnika universiteti — o‘z tarixida ilk bor talabalarini qarshi oldi va yangi o‘quv yilini boshladi. Bugungi kun universitetimiz uchun oddiy o‘quv kunidan ko‘ra kattaroq ma’noga ega. Bu — ilk ma’ruzalar, ilk uchrashuvlar, ilk g‘oyalar va ToshTech tarixidagi ilk qadamlar boshlangan kun. Bugun universitetimizning ilk talabalari o‘zlari bilan birga yangi an’analar, yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar uchun poydevor yaratishni boshladilar. Hurmatli talabalar, ToshTech’ga xush kelibsiz!
"ToshTech" Texnika universiteti vakillari Andijon viloyati, Asaka shahrida joylashgan UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet vakillari zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, faoliyati va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv doirasida tomonlar ta’lim va sanoat hamkorligini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida "ToshTech" Texnika universiteti va UzAuto Motors o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Mazkur memorandum universitet va sanoat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, muhandislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy sanoat talablari asosida malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.