ToshTech texnika universitetining bakalavriat ta’lim dasturiga birinchi mavsum kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindiImtihon natijalari bilan quyida taqdim etilgan hujjat orqali tanishishingiz mumkinIzoh: — “Tavsiya etildi” — abituriyent bakalavriat ta’lim dasturiga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etilganligini anglatadi.— “Tavsiya etilmadi” — abituriyent bakalavriat ta’lim dasturiga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etilmaganligini anglatadi.Shuningdek, tavsiya etilgan barcha abituriyentlar ToshTech texnika universitetida 4 yillik to'liq grant asosida tahsil oladilarImtihon natijalari
ToshTech Texnika Universitetida JICA delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun ToshTech Texnika Universitetida Japan International Cooperation Agency (JICA) delegatsiyasi ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga universitetning tashkil etilish tarixi, strategik rivojlanish konsepsiyasi, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Tomonlar xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.Uchrashuv yakunida ToshTech Texnika Universiteti va JICA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish hamda kelgusidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildiToshTech texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari Achilov Nodirbek Muhammadiyevich tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmonga ToshTech texnika universitetining tashkil etilish tarixi, rivojlanish konsepsiyasi, ustuvor ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, universitetning yangi kampusi bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida zamonaviy auditoriyalar, o‘quv va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.Uchrashuv yakunida oliy malakali muhandis va mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim hamda amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildiBugun ToshTech texnika universitetiga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) vakillari tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmonlar universitetning ustuvor faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim va ilmiy salohiyati hamda rivojlanish strategiyasi bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, ToshTech’ning yangi kampusi ko‘zdan kechirilib, zamonaviy o‘quv va ilmiy infratuzilma, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar namoyish etildi.Uchrashuv yakunida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi
ToshTech texnika universitetida “Tashkent Tech Foundation” tayyorlov kurslarining bitiruvchilari tantanali ravishda taqdirlandi
25.06.2026 kuni ToshTech texnika universitetida “Tashkent Tech Foundation” tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan abituriyentlarning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Besh oy davomida ToshTech texnika universiteti Constructor Talent School bilan hamkorlikda 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litsey va kollej bitiruvchilari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etdi. Dastur doirasida universitet professor-o‘qituvchilari matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan darslar olib bordi. Mazkur davr mobaynida 300 nafardan ortiq abituriyent ta’lim oldi. Ularning 140 nafari yakuniy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Tashkent Tech Foundation” dasturini tamomladi. Tantanali marosimda bitiruvchilarga dasturni yakunlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, tayyorlov kurslarini yuqori natijalar bilan tamomlagan va ToshTech texnika universitetining bakalavriat ta’lim dasturlariga avtomatik ravishda qabul qilingan 27 nafar abituriyent tantanali ravishda taqdirlandi. Marosimni universitet rektori vazifasini bajaruvchi Farangis Yusupiy ochib berdi. U dastur yakunlari haqida so‘z yuritib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusidagi ta’lim va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbirda Boston Consulting Group’ning (BCG) O‘zbekistondagi ijrochi direktori Igor Alekseyev ham so‘zga chiqib, bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirdi va universitet bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi. BCG vakili Pavel Zolotorev “Tashkent Tech” loyihasining yoshlar salohiyatini rivojlantirishdagi muhim o‘rnini alohida qayd etdi. Hamkor universitet – Constructor University vakili Vladimir Sharich esa ToshTech bilan birgalikda amalga oshirilgan loyiha natijalarini yuqori baholab, xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi va bitiruvchilarga omad tiladi. ToshTech texnika universiteti barcha bitiruvchilarni “Tashkent Tech Foundation” dasturini muvaffaqiyatli tamomlagani bilan chin dildan tabriklaydi va ularga yangi zafarlar, yuksak marralar hamda porloq kelajak tilaydi!ToshTech texnika universitetida qabul imtihonlarining birinchi mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi!
Universitetimizga hujjatlar qabulining birinchi oqimi 5-iyundan 25-iyungacha davom etdi. Ushbu davr mobaynida qariyb 2 000 nafar abituriyent o‘z arizalarini topshirdi. 28–29-iyun kunlari “Respublika Kelajak Markazi” sport majmuasida qabul imtihonlari yuqori tashkiliy saviyada bo‘lib o‘tdi. Jarayon xalqaro hamkorimiz Constructor University hamda Davlat test markazi hamkorligida tashkil etildi. Imtihonlarning ochilish marosimida universitetimizning taklif etilgan faxriy professori janob Tsironis ishtirok etib, barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Tashkent Tech universiteti barcha abituriyentlarga bildirilgan ishonch, intilish va sarflangan mehnat uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. Barchangizga kelgusi ta’lim yo‘lingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!ToshTech texnika universitetida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar universitetning ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.Tadbirda Boston Consulting Group vakili Ilya Krasnokutskiy so‘zga chiqib, muhandislik kasbining bugungi kundagi ahamiyati, muhandislarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va kelajakni barpo etishdagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritdi.Tadbirning keyingi qismida ishtirokchilarni Mamajonov Hoshimjon tomonidan matematika va fizika fanlari bo‘yicha qiziqarli mahorat darsi kutib oldi. Mashg‘ulot davomida zamonaviy yondashuvlar, mantiqiy fikrlash va muhandislik ta’limida aniq fanlarning o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.Yoshlar uchun ilhomga boy va foydali uchrashuvdan lavhalar.ToshTech texnika universitetida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, qabul jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.Shuningdek, Boston Consulting Group (BCG) vakili Pavel Zolotaryov hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.Tadbir ochiq muloqot shaklida yakunlanib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.Barcha mehmonlarimizga tashrif uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizlarni ToshTech talabalari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!Tosh Tech texnika universitetida Foundation tayyorlov kursi tinglovchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tosh Tech texnika universitetida Foundation tayyorlov kurslari direktori ishtirokida tayyorlov kursi tinglovchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida tinglovchilarga universitetda yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, Foundation dasturining mazmuni hamda ushbu dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar uchun universitetga qabul jarayonida taqdim etiladigan imkoniyat va afzalliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Foundation tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish sanalari e’lon qilinib, sinovlarning o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir doirasida Foundation tayyorlov markazi rahbari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ta’lim jarayoni, yakuniy baholash hamda universitetga qabul masalalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuvlar tinglovchilarni Tosh Tech texnika universitetining akademik muhiti va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularning kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi