Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

2026-yil qabuli

Kelajak muhandisligini yarating.
Texnologiyada kelajagingizni quring.

TTning 4 ta bakalavriat yo‘nalishidan birida 100% davlat granti asosida tahsil oling. Sizning TTdagi yo‘lingiz shu yerdan boshlanadi.

  • 100% davlat granti
  • 4 ta bakalavriat dasturi
  • Foundation dasturi mavjud

Prezident Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi

Yangi tashkil etilgan universitet moliyaviy, akademik va tashkiliy mustaqillikka ega bo’ladi. Joriy yilda bir yillik o’quv kurslari yo’lga qo’yiladi. Kelgusi yildan bakalavriat yo’nalishlari ochiladi, 2027 yildan esa magistratura va aspirantura bosqichlariga qabul boshlanadi. Ta’lim grant va kontrakt asosida, o’zbek hamda chet tillarida olib boriladi. 2029/2030 yilgacha qabul qilingan talabalar davlat granti bilan ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev

O’zbekiston Respublikasi prezidenti

Kampus hayoti · 360° sayohat

Kampusni VR orqali kashf eting.

Tashkent University of Technology kampusining asosiy joylarini o'z tezligingizda ko'rib chiqing.

Virtual turni ochish
Interaktiv 360° tur

Tosh Tech haqida

Tash Tech texnika universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-274-son qarori asosida tashkil etilgan yangi avlod davlat muhandislik universiteti. Tosh Tech amaliy ta’lim, tadqiqot, innovatsiya va sanoat hamkorligi orqali kelajak muhandislarini tayyorlaydi.

Batafsil

0

Davlat grant o‘rinlari

0%

Davlat grantida ta’lim

0

Bakalavriat dasturlari

0/2027

Birinchi o‘quv yili

O‘quv jarayoni va dastur

Talabalarimiz fikrlari

Ularning tajribasidan qimmatli fikrlar oling va hikoyalari orqali dasturlarimiz ta’sirini bilib oling.

Yangiliklar va tadbirlar

ToshTech texnika universiteti Janubiy Koreyada xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etmoqda

29-oktabr, Daejeon, Janubiy Koreya ToshTech texnika universiteti prorektori Akmal Rustamov Janubiy Koreya Metall va materiallar jamiyati (KIM) tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada xalqaro hamkor sifatida ishtirok etmoqda. 28–30-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan anjumanda sun’iy intellekt, materialshunoslik, metallurgiya, yarimo‘tkazgichlar, energetika va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy ilmiy yutuqlar muhokama qilinmoqda. Mazkur ishtirok ToshTech universitetining Janubiy Koreya ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarini kengaytirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

29 oktabr 2026

75

ToshTech xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda!

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida "ToshTech" texnika universiteti faol xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida muhim qadamlar tashladi. Forum doirasida Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Too xalqaro universiteti hamda AQSHning Gaia Evolution Foundation tashkiloti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Gaia Evolution Foundation — xalqaro ta’lim va rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot bo‘lib, oliy ta’limni transformatsiya qilish, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlarga integratsiya qilish, shuningdek, kelajak mutaxassislarining zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi. Uchrashuvlar yakunida har ikki tashkilot bilan anglashuv memorandumlari imzolandi. Mazkur kelishuvlar xalqaro akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta’lim va innovatsiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

28 oktabr 2026

94

“ToshTech” texnika universiteti vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida “ToshTech” texnika universiteti vakillari ishtirok etdi. Mazkur forum Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Forum doirasida universitetlararo hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “ToshTech” texnika universitetining mazkur xalqaro forumdagi ishtiroki universitetning xalqaro akademik aloqalarini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

28 oktabr 2026

116

Kampus hayotini kashf eting

Yaqinlashayotgan tadbirlar

TTda sizni kutayotgan g‘oyalar, tanishuvlar va unutilmas lahzalar.

Barcha tadbirlar

Yangi uchrashuvlar hali oldinda.

Yangi tadbirlar tez orada e’lon qilinadi. O‘tgan kampus tadbirlarini kalendarda ko‘rishingiz mumkin.

Hamkor universitetlar

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.