Adham Xudoyqulov ToshTech universiteti rektori etib tayinlandi

25 sentabr 2025
172

**Adham Xudoyqulov Tash Tech texnika universiteti rektori etib tayinlandi**

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, Adham Xudoyqulov Tash Tech texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

Avvalroq davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev uni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari lavozimidan ozod qilgan edi.

Tash Tech universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 9-sentabr kuni qabul qilingan. Universitet moliyaviy, akademik va tashkiliy jihatdan mustaqil faoliyat yuritadi.

Tash Tech kelgusi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat bosqichiga ilk talabalarni qabul qilishni boshlaydi.

Kursiv Uzbekistan nashri xabar berishicha, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari lavozimiga Baxtiyor Yo‘ldoshev tayinlangan.