Tadbir davomida ishtirokchilar universitetning ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.
Tadbirda Boston Consulting Group vakili Ilya Krasnokutskiy so‘zga chiqib, muhandislik kasbining bugungi kundagi ahamiyati, muhandislarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va kelajakni barpo etishdagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritdi.
Tadbirning keyingi qismida ishtirokchilarni Mamajonov Hoshimjon tomonidan matematika va fizika fanlari bo‘yicha qiziqarli mahorat darsi kutib oldi. Mashg‘ulot davomida zamonaviy yondashuvlar, mantiqiy fikrlash va muhandislik ta’limida aniq fanlarning o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Yoshlar uchun ilhomga boy va foydali uchrashuvdan lavhalar.
English
Uzbek
Russian



