Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Gʻayrat Asomidinov Axmadjon o'g'li Tosh Tech texnika universitetining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Gʻayrat Asomidinov Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Tosh Tech texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Tosh Tech texnika universiteti tomonidan zamonaviy muhandislik, texnologiyalar va innovatsiyalar yo'nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida keng ko'lamli ta'lim faoliyati olib borilmoqda.
English
Uzbek
Russian



