2025/2026-oʻquv yili qabuli doirasida suhbatlar tashkil etildi

10 fevral 2026
161

O‘zbekiston poytaxtida yangi zamonaviy texnika universiteti — **TASHKENT TECH** tashkil etiladi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan ilgari surilgan. Kecha universitetni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yangi universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi doirasida Toshkent davlat texnika universiteti negizida tashkil etilib, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Uning asosiy maqsadi yangi avlod muhandislarini tayyorlash hamda yoshlar orasida texnik mutaxassisliklarning jozibadorligini oshirishdan iborat.

**TASHKENT TECH** konsepsiyasi xalqaro konsalting kompaniyasi **Boston Consulting Group (BCG)** bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Mazkur hamkorlik ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro standartlar, innovatsion o‘qitish metodlari va samarali boshqaruv modellarini joriy etishga xizmat qiladi.

“Bizning strategik maqsadimiz — jahon standartlariga javob beradigan yangi formatdagi texnika universitetini yaratish. Ishonchim komilki, **TASHKENT TECH** shunchaki universitet emas, balki O‘zbekistonning texnologik mustaqilligi va barqaror sanoat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

**TASHKENT TECH** yuqori malakali texnik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi ta’lim muassasasiga, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish platformasiga hamda mamlakatning muhandislik salohiyatini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismiga aylanishi kutilmoqda.