Tosh Tech texnika universitetida Foundation tayyorlov kurslari direktori ishtirokida tayyorlov kursi tinglovchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida tinglovchilarga universitetda yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, Foundation dasturining mazmuni hamda ushbu dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar uchun universitetga qabul jarayonida taqdim etiladigan imkoniyat va afzalliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Foundation tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish sanalari e’lon qilinib, sinovlarning o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida Foundation tayyorlov markazi rahbari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ta’lim jarayoni, yakuniy baholash hamda universitetga qabul masalalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuvlar tinglovchilarni Tosh Tech texnika universitetining akademik muhiti va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularning kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi
English
Uzbek
Russian



