Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

ToshTech texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari Achilov Nodirbek Muhammadiyevich tashrif buyurdi

10 iyul 2026
172

Tashrif davomida mehmonga ToshTech texnika universitetining tashkil etilish tarixi, rivojlanish konsepsiyasi, ustuvor ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetning yangi kampusi bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida zamonaviy auditoriyalar, o‘quv va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv yakunida oliy malakali muhandis va mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim hamda amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.