Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

Endi Tаshkent Tech’da o‘qib dunyoning TOP-40 taligiga kiruvchi Shanghai Jiao Tong University diplomini ham olish imkoniyati mavjud!

16 aprel 2026
202

Endi Tаshkent Tech’da o‘qib dunyoning TOP-40 taligiga kiruvchi Shanghai Jiao Tong University diplomini ham olish imkoniyati mavjud!

Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Tashkent Tech rektori Xudaykulov Adxam Yusupovich hamda Boston Consulting Group (BCG) ekspertlari ishtirokida Shanghai Jiao Tong University (SJTU) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashkent University of Technology va SJTU o‘rtasida amalga oshirilayotgan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar dastlabki ikki yilni Toshkentda, keyingi ikki yilni Shanxayda davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Dastur xalqaro standartlarga mos ta’lim, ilg‘or laboratoriyalar, zamonaviy infratuzilma hamda dunyo darajasidagi professorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

Bu — nafaqat diplom, balki global tajriba, yangi imkoniyatlar va xalqaro karyera sari mustahkam qadamdir.

📞+998 77 288 82 82
📞+998 77 718 82 82
🌐 tashkenttech-edu.uz

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.