28-aprel kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari”
xalqaro festivaliga rasmiy start berildi.
Tadbir O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikistondan kelgan yosh muhandislar va ixtirochilarni bir maydonga jamlab, innovatsion g‘oyalar almashinuvi va hamkorlik uchun muhim platformaga aylandi.
🇺🇿🇷🇺🇰🇬🇨🇳🇹🇯
Ochilish marosimida xalqaro mehmonlar va yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi. Jumladan, “Tashkent University of Technology” rektori Adxam Xudaykulov muhandislik ta’limini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishning ahamiyatini ta’kidlab nutq berdi.
Tadbirda shuningdek, nufuzli xalqaro mehmonlar — Serge Haroche (Nobel mukofoti laureati), Moez Chakchouk va Oliver Tian ishtirok etib, muhandislik ta’limining global ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
Festivalning eng muhim natijalaridan biri — Markaziy Osiyo va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Mintaqaviy akademik muhandislik maktablari konsorsiumining tashkil etilishi bo‘ldi. Ushbu tashabbus akademik hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Festival doirasida 9 ta yo‘nalish va 23 ta kichik yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar, xalqaro olimpiadalar, innovatsion ko‘rgazmalar, forumlar va hakatonlar o‘tkazilmoqda .
Ushbu festival O‘zbekistonning muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlovchi yirik platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.
English
Uzbek
Russian



