2026-yil 21-iyul kuni ToshTech texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlari

22 iyul 2026
27

2026-yil 21-iyul kuni ToshTech texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlari, shuningdek, Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash agentliklarining xalqaro tarmogʻi (INQAAHE) Boshqaruv kengashi direktori Olgun Cicek ishtirokida tashrif bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida ekspertlarga universitetning ta’lim dasturlari, moddiy-texnik bazasi, raqamli ta’lim muhiti hamda ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimi namoyish etildi.
Shuningdek, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va sanoat hamkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim dasturlarining zamonaviy talablar, xalqaro standartlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqligi yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif ToshTech texnika universitetida ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.