ToshTech texnika universitetida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi

23 iyun 2026
38

Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, qabul jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Boston Consulting Group (BCG) vakili Pavel Zolotaryov hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida yakunlanib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Barcha mehmonlarimizga tashrif uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizlarni ToshTech talabalari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!