31-may kuni “Tashkent University of Technology”da “Tashkent Tech Model United Nations” (TTMUN) tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur yirik ta’lim loyihasi 200 nafardan ortiq delegatlarni birlashtirdi. Tadbirda mahalliy ishtirokchilar bilan bir qatorda xorijiy delegatlar ham faol qatnashdilar.
Ishtirokchilar turli davlatlar vakillari rolida faoliyat yuritib, texnologiyalar, muhandislik, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik sohalaridagi dolzarb global masalalarni muhokama qildilar.
Tadbir yoshlarni jamoatchilik va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalarga jalb etish, ularda diplomatiya, yetakchilik hamda muzokara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra, eng faol va munosib ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
🏆 Best Delegate
🎤 Best Speaker
📄 Best Position Paper
Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilar, tashkilotchilar va mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, “Tashkent University of Technology”ning navbatdagi loyihalarida yana uchrashishga umid qilamiz.
English
Uzbek
Russian



