29–30-noyabr kunlari Tashkent Tech universitetida xalqaro darajadagi muhandislik ta’limini olishni istagan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bepul **Foundation** tayyorlov dasturiga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Imtihonlar matematika va fizika fanlaridan test sinovlarini o‘z ichiga oldi. Saralash jarayonida nafaqat formulalar va nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, balki ularni amaliy masalalarni yechishda qo‘llay olish, mantiqiy fikrlash, diqqatlilik hamda muhandislik fanlarini o‘zlashtirish salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
**Test natijalari e’lon qilindi!**
Har bir abituriyent o‘z natijasini quyidagi usullardan biri orqali tekshirishi mumkin:
* ID raqamini rasmiy **Telegram bot** orqali kiritish;
* abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilingan faylni yuklab olish;
* yoki call-markazimizga murojaat qilish.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz!
**Yuqori darajadagi bilimni namoyish etgan abituriyentlar**
Siz kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori akademik natijalarni namoyish etdinigiz. Siz **Tashkent Tech Foundation dasturiga** qabul qilindingiz. Dastur 2026-yil yanvar oyida boshlanadi.
Universitet vakillari tez orada siz bilan bog‘lanib, keyingi bosqichlar haqida batafsil ma’lumot beradilar.
**Kutish ro‘yxatidagi abituriyentlar uchun**
Siz hozirda Foundation dasturida ishtirok etish uchun nomzodlarning kutish ro‘yxatiga kiritilgansiz. Bir hafta ichida universitet xodimlari siz bilan bog‘lanib, keyingi bosqichlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etadilar.
Barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz!
Sizning muhandislik ta’limiga bo‘lgan qiziqishingizni qadrlaymiz va bilim olishga bo‘lgan intilish kelajakda O‘zbekiston va butun dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan texnologiyalarni yaratish yo‘lidagi muhim qadam ekaniga ishonamiz.
**Tashkent Tech** har biringizga kelgusidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi!
[**Natijalar fayli**](https://tashkenttech-edu.uz/uploads/pages/results.pdf)
English
Uzbek
Russian