Bugun ToshTech Texnika Universitetida Japan International Cooperation Agency (JICA) delegatsiyasi ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga universitetning tashkil etilish tarixi, strategik rivojlanish konsepsiyasi, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida ToshTech Texnika Universiteti va JICA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish hamda kelgusidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi
English
Uzbek
Russian



