ToshTech texnika universitetida talabalar uchun WELCOME PARTY bo'lib o'tdi

23 sentabr 2026
3

Talabalar uchun tashkil etilgan Welcome Party yangi tanishuvlar, samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatga boy bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar bir-biri bilan tanishib, yangi do‘stlar orttirdi, fikr va qiziqishlarini baham ko‘rdi hamda o‘zaro networking uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Kechaga musiqa, raqs, interaktiv kvizlar va turli qiziqarli faoliyatlar alohida kayfiyat bag‘ishladi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri “Muhandis D” ning noodatiy va qiziqarli tajribalari bo‘ldi.
Bu oqshom — yangi do‘stliklar, yangi tanishuvlar va ToshTech’dagi yangi hayotning ilk xotiralaridan biri bo‘ldi.