Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif chogʻida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham tanishdi
ToshTech texnika universitetida o'quv yili boshlandi.
Bugun ToshTech texnika universiteti — o‘z tarixida ilk bor talabalarini qarshi oldi va yangi o‘quv yilini boshladi. Bugungi kun universitetimiz uchun oddiy o‘quv kunidan ko‘ra kattaroq ma’noga ega. Bu — ilk ma’ruzalar, ilk uchrashuvlar, ilk g‘oyalar va ToshTech tarixidagi ilk qadamlar boshlangan kun. Bugun universitetimizning ilk talabalari o‘zlari bilan birga yangi an’analar, yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar uchun poydevor yaratishni boshladilar. Hurmatli talabalar, ToshTech’ga xush kelibsiz!
🎓 7-SENTYABRDAN INDUCTION WEEK BOSHLANADI!
Hurmatli ToshTech Texnika Universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalar! 📅 7-sentyabrdan boshlab yangi talabalar uchun maxsus Induction Week haftaligi start oladi! Ushbu hafta davomida siz universitet muhiti bilan tanishasiz, guruhdoshlaringiz va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashasiz, ta’lim dasturingiz, kampus va universitetdagi o‘quv jarayoni haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Barcha qabul qilingan talabalarni 7-sentyabrdan universitetda kutib qolamiz! 📅 7-sentabr ⏰ 09:00 Manzil: Universitet ko’chasi 2b (Asosiy bino)
DIQQAT, TANLOV!
TOSHTECH TEXNIKA UNIVERSITETI TALABA-YOSHLAR O'RTASIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN IJODIY TANLOV E'LON QILADI. 🎬 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” Vatanimizning bugungi qiyofasi, yurtimizdagi bunyodkorlik va Vatanimizning betakror manzaralarini o‘ziga xos ijodiy yondashuv orqali aks ettiring. 🎵 “ENG YAXSHI QO‘SHIQ” Vatan, istiqlol va yurtga bo‘lgan muhabbatingizni musiqa va ijro orqali namoyon eting. Ijodingizni namoyish eting. G‘oyangizni taqdim eting. O‘z iste’dodingizni namoyon qiling. Tanlovda faol ishtirok eting va Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tashabbusga o‘z hissangizni qo‘shing! 🏆 Eng yaxshi ijodiy ishlar munosib taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 2026-yil 4-sentabrga qadar o‘z ijodiy ishlarini taqdim etishlari so‘raladi.
Nura High Technologies kompaniyasi vakillari “ToshTech” texnika universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar universitetning zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv va laboratoriya bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida universitet va kompaniya vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida “ToshTech” texnika universiteti va Nura High Technologies rahbarlari tomonidan O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
"ToshTech" Texnika universiteti vakillari Andijon viloyati, Asaka shahrida joylashgan UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet vakillari zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, faoliyati va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv doirasida tomonlar ta’lim va sanoat hamkorligini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida "ToshTech" Texnika universiteti va UzAuto Motors o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Mazkur memorandum universitet va sanoat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, muhandislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy sanoat talablari asosida malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
ToshTech texnika universitetining bakalavriat ta’lim dasturiga ikkinchi mavsum kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi
ToshTech Mandat PDF faylini yuklab oling
13–14 avgust kunlari Tosh Tech texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihonlar Constructor University va Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Abituriyentlar matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirdilar. Barcha imtihonlar ingliz tilida o‘tkazildi. Kelajak muhandislari safiga qo‘shilish uchun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 🚀
Tosh Tech texnika universitetiga Italiyaning yetakchi innovatsion ekotizimlaridan biri — ROAD (Rome Advanced District) delegatsiyasi tashrif buyurdi
ROAD yirik sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlarni birlashtirgan konsorsium bo‘lib, energetika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ilg‘or loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro ilmiy dasturlar va Yevropa grant loyihalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida Tosh Tech texnika universiteti hamda ROAD (Rome Advanced District) o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi