Foundation Programme dasturining 2026-yil yakunlari
Tosh Tech texnika universiteti va Constructor University (Germaniya) hamkorligida amalga oshirilayotgan Foundation Programme tayyorlov dasturining 2026-yil yakunlari sarhisob qilindi. Dastur bo‘lajak muhandislarni zamonaviy Yevropa ta'lim standartlari asosida tayyorlashga qaratilgan.
2026-yilda dastur doirasida 300 nafardan ortiq tinglovchi matematika, fizika va akademik ingliz tili fanlari bo‘yicha tahsil oldi. Ta'lim 5 oylik kompleks kurs hamda 2,5 oylik intensiv kurs formatlarida tashkil etildi.
Dastur yakunlariga ko‘ra, 140 nafar tinglovchi o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kirish imtihonlari natijalariga asosan 27 nafar bitiruvchi Tosh Tech texnika universitetiga o‘qishga tavsiya etildi.
Foundation Programme iqtidorli yoshlarni muhandislik ta'limiga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib, ularga mustahkam akademik bilim, zamonaviy ko‘nikmalar hamda universitet muhitini yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.