Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

IC Design va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturiga qabul boshlandi!

9 noyabr 2026
1

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ta'lim va ilm-fan vazirligining tashabbusi doirasida ToshTech texnika universiteti va Malayziyaning ASEM akademiyasi hamkorligida 20 nafar mahalliy mutaxassis uchun xalqaro ta’lim va amaliyot dasturi tashkil etilmoqda.

🎯Dastur «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Maqsad - O‘zbekistonda mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida malakali muhandislar tayyorlash.

Dastur imkoniyatlari:
3 oy nazariy ta’lim;
3 oy Malayziyaning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarish amaliyoti.

🕘 Davomiyligi: 6 oy | Ta’lim tili: ingliz tili | Kvota: 20 nafar.
Saralash hujjatlar, test sinovlari va suhbat asosida ikki bosqichda o‘tkaziladi.

🖇 Ro‘yxatdan o‘tish : https://malasia.tashkenttech-edu.uz/login

Arizalar 2026-yil 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.