Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

Akmal Suxrobovich Rustamov Tosh Tech texnika universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi

22 iyul 2026
474

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Akmal Suxrobovich Rustamov Tosh Tech texnika universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Akmal Rustamov Turin politexnika universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yildan boshlab esa Kimyo xalqaro universitetining Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘nalishlariga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Tosh Tech texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.