Avval xabar berganimizdek, “ToshTech” texnika universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazi rahbari, professor Jasurjon Axatov Malayziyada o‘tkazilayotgan Selangor International Business Summit 2026 doirasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqda.
15-oktabr kuni tashrif doirasida bir qator muhim uchrashuv va kelishuvlarga erishildi:
- ASEM Academy va Great Asic bilan hamkorlik
AiSEM@Selangor 2026 — Selangor AI & Semiconductor Summit ochilish marosimida “ToshTech” texnika universiteti hamda Malayziyaning ASEM Academy va Great Asic kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari (MoU) imzolandi.
- Alphaswift kompaniyasi bilan uchrashuv
Kompaniya vakillari bilan dronlar ishlab chiqarish va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
- University of Malaya bilan muzokaralar
Universitetning muhandislik fakulteti dekani, professorlari va ilmiy tadqiqotlar markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlik kelishuvini imzolash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida dastlabki kelishuvlarga erishilib, ikki universitet rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etish rejalashtirildi.
Xalqaro sammit davom etmoqda. Uning doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar va hamkorlik natijalari haqida ma’lumot berib boramiz.
English
Uzbek
Russian