🎓 ToshTech universitetida 100% grant asosida talaba boʻling!

6 avgust 2026
19

⏳ Qabul jarayonlari 9-avgust soat 23:50 gacha davom etadi! Agar xalqaro standartlar asosida taʼlim olib, muhandislik sohasida kuchli mutaxassis boʻlishni istasangiz, hujjat topshirishga shoshiling.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etilgan yangi davlat universitetida ayni paytda bakalavr bosqichi uchun qabul davom etmoqda.

📌 Yoʻnalishlar:

▫️ Energetika muhandisligi;
▫️ Elektr muhandisligi;
▫️ Sanoat muhandisligi va menejmenti;
▫️ Materialshunoslik

❗️Qabul imtihonlari matematika, fizika va ingliz tili fanlari boʻyicha (ingliz tilida) oʻtkaziladi.

📚 Taʼlim toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Darslarga mahalliy va xorijlik professor-oʻqituvchilar jalb etiladi. Talabalar uchun yotoqxona va davlat OTMlari tizimi boʻyicha stipendiya ham mavjud.

📑 Hujjatlarni https://my.uzbmb.uz/service/56 sayti orqali onlayn topshirish mumkin.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

📞 Batafsil maʼlumot uchun: +998 77 288 82 82