2026-yil 7–10-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 dan ortiq mamlakat yoshlarini birlashtirgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika chempionati bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi barcha 16 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi. Jamoamiz birinchi o‘rin va uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Faxrli jihati — O‘zbekiston terma jamoasi safida “ToshTech” texnika universiteti talabasi Ayubxon Miraxmedov ham ishtirok etib, ushbu g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi!
Ayubxon va terma jamoamizni ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatlarida yangi ixtirolar va xalqaro muvaffaqiyatlar tilaymiz!
English
Uzbek
Russian