Avval xabar berganimizdek, “ToshTech” texnika universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazi rahbari, professor Jasurjon Axatov Malayziyadagi xalqaro tashrif doirasida bir qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.
16-oktabr kuni Universiti Sains Malaysia (USM) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
— Universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash;
— Professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
— Talabalar uchun xalqaro akademik almashinuv imkoniyatlarini yaratish.
Muzokaralar yakunida dastlabki kelishuvlarga erishilib, “ToshTech” va Universiti Sains Malaysia rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv “ToshTech” texnika universitetining xalqaro akademik aloqalarini kengaytirish va muhandislik ta’limi sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
English
Uzbek
Russian