Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!

21 oktabr 2026
10

Bugun — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviy merosi va ona tilimizga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi muhim tarixiy kundir.

O‘zbek tili — qalbimizga yaqin, tariximizni o‘zida mujassam etgan, milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga yetkazuvchi bebaho ma’naviy boyligimizdir.

Ushbu munosabat bilan ToshTech texnika universitetida talaba-yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, bilim va ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida “O‘zbek tili bilimdoni” hamda “O‘zbek tilida yozilgan eng yaxshi insho” tanlovlari tashkil etildi.

Tanlovlar talabalarning o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini, adabiy savodxonligini va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun imkoniyat yaratdi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.