Tashrif davomida mehmon universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv va laboratoriya bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida Prof. Dr. Ivan Yamshchikov tomonidan “Empathetic AI: How Machines Change Humans” mavzusida ma’ruzа o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, generativ AI va uning inson hayotiga ta’siri muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashilib, savol-javoblar o‘tkazildi.
English
Uzbek
Russian