Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

TashTech va Janubiy Koreyaning KTR instituti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

28 oktabr 2026
7

27-oktabr kuni ToshTech texnika universiteti prorektori Akmal Rustamov Janubiy Koreyaning yetakchi sinov va tadqiqot tashkilotlaridan biri — Korea Testing & Research Institute (KTR)ga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda muhandislik ta’limi, materialshunoslik, laboratoriya sinovlari va xalqaro standartlar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, laboratoriyalar salohiyatini oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun amaliy tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif ToshTechning xalqaro hamkorligini kengaytirish va talabalarga ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.