Tashrif davomida mehmonlar universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, akademik aloqalarni rivojlantirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, “ToshTech” talabalari uchun Yaponiyada qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur tashabbus talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Uchrashuv doirasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Kioto universiteti QS World University Rankings 2027 reytingida 64-o‘rinni egallagan. Universitet fundamental fanlar va muhandislik sohasidagi tadqiqotlari, shuningdek, Nobel mukofoti va Filds medali sovrindorlari bilan tanilgan.
English
Uzbek
Russian