2026-yil 20-oktabr kuni ToshTech texnika universitetiga Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harbin Institute of Technology universiteti vakillari tashrif buyurdi. Mazkur universitet QS World University Rankings xalqaro reytingida 190-o‘rinni, «Muhandislik va texnologiyalar» yo‘nalishi bo‘yicha esa 56-o‘rinni egallagan.
Tashrif doirasida ikki universitet vakillari ishtirokida tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Unda tomonlar universitetlarning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, muhandislik ta’limi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrifning muhim qismi sifatida Harbin Institute of Technology universiteti professorlari ToshTech talabalari bilan uchrashib, ular uchun ma’ruzalar o‘tkazdilar.
Ma’ruzalar talabalarning xalqaro tajribadan foydalanishi, zamonaviy muhandislik yutuqlari bilan tanishishi hamda kasbiy bilimlarini kengaytirishiga xizmat qildi.
English
Uzbek
Russian