Tashrif davomida mehmonlar universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv muhiti hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida Nikita Dontsov (Yandex Uzbekistan kompaniyasining yetakchi mutaxassisi) tomonidan “AI Transformation – Employee and Employer Perspectives” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida sun’iy intellektning zamonaviy ish jarayonlariga ta’siri, xodim va ish beruvchi nuqtayi nazaridan AI transformatsiyasi, shuningdek, kompaniyalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Spiker o‘zining dasturiy ta’minot muhandisi sifatidagi amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi hamda kompaniyaning AI texnologiyalarini joriy etish borasidagi yondashuvlari haqida ma’lumot berdi
English
Uzbek
Russian