Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

“ToshTech” texnika universiteti vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdi

28 oktabr 2026
8

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida “ToshTech” texnika universiteti vakillari ishtirok etdi.

Mazkur forum Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Forum doirasida universitetlararo hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“ToshTech” texnika universitetining mazkur xalqaro forumdagi ishtiroki universitetning xalqaro akademik aloqalarini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.