Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

ToshTech xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda!

28 oktabr 2026
8

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida "ToshTech" texnika universiteti faol xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida muhim qadamlar tashladi.

Forum doirasida Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Too xalqaro universiteti hamda AQSHning Gaia Evolution Foundation tashkiloti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

Gaia Evolution Foundation — xalqaro ta’lim va rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot bo‘lib, oliy ta’limni transformatsiya qilish, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlarga integratsiya qilish, shuningdek, kelajak mutaxassislarining zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi.

Uchrashuvlar yakunida har ikki tashkilot bilan anglashuv memorandumlari imzolandi.
Mazkur kelishuvlar xalqaro akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta’lim va innovatsiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.