29-oktabr, Daejeon, Janubiy Koreya
ToshTech texnika universiteti prorektori Akmal Rustamov Janubiy Koreya Metall va materiallar jamiyati (KIM) tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada xalqaro hamkor sifatida ishtirok etmoqda.
28–30-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan anjumanda sun’iy intellekt, materialshunoslik, metallurgiya, yarimo‘tkazgichlar, energetika va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy ilmiy yutuqlar muhokama qilinmoqda.
Mazkur ishtirok ToshTech universitetining Janubiy Koreya ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarini kengaytirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
English
Uzbek
Russian