2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida “Science and Technology of Advanced Materials and Devices” (STAMD 2026) V xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ilmiy konferensiya ilg‘or materiallar va zamonaviy qurilmalar sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Konferensiya dasturida nanomateriallar, quyosh energetikasi, biotibbiyot, optoelektronika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga oid ma’ruzalar o‘rin oldi.
Tadbirda ToshTech texnika universiteti, Nazarbayev University, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, Al-Farabi Kazakh National University, Kazakh-British Technical University, O'zbekiston texnologik metallar kombinati hamda boshqa ilmiy tashkilotlarning professorlari, tadqiqotchilari va xalqaro taklif etilgan ma’ruzachilari ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikning yutuq va istiqbollariga bag‘ishlangan “Successes and Challenges on Collaboration Between University and Industry” mavzusida panel sessiyasi ham tashkil etildi.
STAMD 2026 konferensiyasi ilm-fan va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or ishlanmalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
English
Uzbek
Russian