Sayt test rejimida ishlaydi

ToshTech texnika universitetida STAMD 2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

5 oktabr 2026
8

2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida “Science and Technology of Advanced Materials and Devices” (STAMD 2026) V xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro ilmiy konferensiya ilg‘or materiallar va zamonaviy qurilmalar sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Konferensiya dasturida nanomateriallar, quyosh energetikasi, biotibbiyot, optoelektronika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga oid ma’ruzalar o‘rin olgan.
Tadbirda ToshTech texnika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, Nazarbayev University, Al-Farabi Kazakh National University, Kazakh-British Technical University hamda boshqa ilmiy tashkilotlarning professorlari, tadqiqotchilari va xalqaro taklif etilgan ma’ruzachilari ishtirok etadi.

Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikning yutuq va istiqbollariga bag‘ishlangan “Successes and Challenges on Collaboration Between University and Industry” mavzusida panel sessiyasi ham tashkil etiladi.

STAMD 2026 konferensiyasi ilm-fan va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or ishlanmalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Konferensiya 2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida bo'lib o'tadi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.