Tashrif davomida mehmon universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda energetika sohasi istiqbollari, zamonaviy texnologiyalar, soha oldidagi dolzarb vazifalar hamda yosh mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Ochiq muloqot talabalar uchun o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, sohaga oid fikrlarini bildirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari yuzasidan muhim tavsiyalar olish imkonini berdi.
Bunday uchrashuvlar talabalar va soha mutaxassislari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda energetika sohasining kelajakdagi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
English
Uzbek
Russian