Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

"ToshTech" Texnika universiteti vakillari Andijon viloyati, Asaka shahrida joylashgan UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi.

26 avgust 2026
261

Tashrif davomida universitet vakillari zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, faoliyati va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv doirasida tomonlar ta’lim va sanoat hamkorligini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida "ToshTech" Texnika universiteti va UzAuto Motors o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.

Mazkur memorandum universitet va sanoat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, muhandislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy sanoat talablari asosida malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.