Sayt test rejimida ishlaydi
MOODLE SIS

“ToshTech” texnika universiteti Malayziyadagi xalqaro sammitda ishtirok etmoqda

15 oktabr 2026
15

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan idoralararo delegatsiya tarkibida “ToshTech” texnika universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazi rahbari, professor Jasurjon Axatov 2026-yil 14–17-oktabr kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan Selangor International Business Summit 2026, jumladan, Selangor AI & Semiconductor Summit tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

— Yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika sohasida O‘zbekiston–Malayziya hamkorligini kengaytirish;
— Malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— Fabless (IC Design) va OSAT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish;
— Sanoat zonalari va texnoparklarni rivojlantirish bo‘yicha Malayziya tajribasini o‘rganish.

Shuningdek, tashrif davomida “ToshTech” texnika universiteti hamda Malayziyaning ASEM Academy va Great Asic kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumlarini (MoU) imzolash rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif universitetning xalqaro ilmiy-texnik hamkorligini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va sanoat tajribasini ta’lim hamda ilmiy tadqiqot jarayonlariga integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

TT bilan aloqada bo‘ling

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Universitet yangiliklari, kampus hayoti va bizni birlashtiradigan lahzalar. Qayerda bo‘lsangiz ham, biz bilan birga bo‘ling.