13–14 avgust kunlari Tosh Tech texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihonlar Constructor University va Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Abituriyentlar matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirdilar. Barcha imtihonlar ingliz tilida o‘tkazildi. Kelajak muhandislari safiga qo‘shilish uchun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 🚀
Tosh Tech texnika universitetiga Italiyaning yetakchi innovatsion ekotizimlaridan biri — ROAD (Rome Advanced District) delegatsiyasi tashrif buyurdi
ROAD yirik sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlarni birlashtirgan konsorsium bo‘lib, energetika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ilg‘or loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro ilmiy dasturlar va Yevropa grant loyihalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida Tosh Tech texnika universiteti hamda ROAD (Rome Advanced District) o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi
Akmal Suxrobovich Rustamov Tosh Tech texnika universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Akmal Suxrobovich Rustamov Tosh Tech texnika universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar Akmal Rustamov Turin politexnika universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yildan boshlab esa Kimyo xalqaro universitetining Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘nalishlariga rahbarlik qilgan. Ma’lumot o‘rnida, Tosh Tech texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Gʻayrat Asomidinov Axmadjon o'g'li Tosh Tech texnika universitetining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Gʻayrat Asomidinov Axmadjon o'g'li Tosh Tech texnika universitetining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar Gʻayrat Asomidinov Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Ma’lumot o‘rnida, Tosh Tech texnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-274-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Tosh Tech texnika universiteti tomonidan zamonaviy muhandislik, texnologiyalar va innovatsiyalar yo'nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida keng ko'lamli ta'lim faoliyati olib borilmoqda.
2026-yil 21-iyul kuni ToshTech texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlari
2026-yil 21-iyul kuni ToshTech texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlari, shuningdek, Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash agentliklarining xalqaro tarmogʻi (INQAAHE) Boshqaruv kengashi direktori Olgun Cicek ishtirokida tashrif bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida ekspertlarga universitetning ta’lim dasturlari, moddiy-texnik bazasi, raqamli ta’lim muhiti hamda ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimi namoyish etildi. Shuningdek, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va sanoat hamkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim dasturlarining zamonaviy talablar, xalqaro standartlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqligi yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif ToshTech texnika universitetida ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Tosh Tech muhandislik sohasida global muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan yoshlar uchun nazariyadan amaliyotgacha bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etadi!
Universitetimizni tanlash uchun 4 ta asosiy sabab: 1. Nufuzli muhandislik diplomi Mehnat bozorida va yirik sanoat tarmoqlarida yuqori baholanadigan diplom. 2. Davlat granti asosida ta'lim O‘qish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi va har bir talabaga stipendiya ajratiladi. 3. Zamonaviy infratuzilma Eng so‘nggi texnologiyalar va laboratoriyalar bilan jihozlangan yangi korpus. 4. Talabalar uchun qulay sharoitlar Universitet hududiga yaqin masofada joylashgan qulay va shinam yotoqxona. Hozirda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etmoqda: ✅ Energetika muhandisligi ✅ Materialshunoslik va nanotexnologiya ✅ Sanoat muhandisligi va menejmenti ✅ Elektr muhandisligi 📝 Hujjatlarni topshirish: https://my.uzbmb.uz/service/56 📞Batafsil ma’lumot: +998 77 288 82 82
ToshTech Texnika Universitetida JICA delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun ToshTech Texnika Universitetida Japan International Cooperation Agency (JICA) delegatsiyasi ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga universitetning tashkil etilish tarixi, strategik rivojlanish konsepsiyasi, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida ToshTech Texnika Universiteti va JICA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish hamda kelgusidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi
Bugun ToshTech texnika universitetiga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) vakillari tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmonlar universitetning ustuvor faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim va ilmiy salohiyati hamda rivojlanish strategiyasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ToshTech’ning yangi kampusi ko‘zdan kechirilib, zamonaviy o‘quv va ilmiy infratuzilma, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar namoyish etildi. Uchrashuv yakunida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi
ToshTech texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari Achilov Nodirbek Muhammadiyevich tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmonga ToshTech texnika universitetining tashkil etilish tarixi, rivojlanish konsepsiyasi, ustuvor ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitetning yangi kampusi bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida zamonaviy auditoriyalar, o‘quv va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Uchrashuv yakunida oliy malakali muhandis va mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim hamda amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi