28-aprel kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga rasmiy start berildi.

28-aprel kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga rasmiy start berildi. Tadbir O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikistondan kelgan yosh muhandislar va ixtirochilarni bir maydonga jamlab, innovatsion g‘oyalar almashinuvi va hamkorlik uchun muhim platformaga aylandi. 🇺🇿🇷🇺🇰🇬🇨🇳🇹🇯 Ochilish marosimida xalqaro mehmonlar va yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi. Jumladan, “Tashkent University of Technology” rektori Adxam Xudaykulov muhandislik ta’limini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishning ahamiyatini ta’kidlab nutq berdi. Tadbirda shuningdek, nufuzli xalqaro mehmonlar — Serge Haroche (Nobel mukofoti laureati), Moez Chakchouk va Oliver Tian ishtirok etib, muhandislik ta’limining global ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi. Festivalning eng muhim natijalaridan biri — Markaziy Osiyo va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Mintaqaviy akademik muhandislik maktablari konsorsiumining tashkil etilishi bo‘ldi. Ushbu tashabbus akademik hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi. Festival doirasida 9 ta yo‘nalish va 23 ta kichik yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar, xalqaro olimpiadalar, innovatsion ko‘rgazmalar, forumlar va hakatonlar o‘tkazilmoqda . Ushbu festival O‘zbekistonning muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlovchi yirik platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.

29 aprel 2026

49

Endi Tаshkent Tech’da o‘qib dunyoning TOP-40 taligiga kiruvchi Shanghai Jiao Tong University diplomini ham olish imkoniyati mavjud!

Endi Tаshkent Tech’da o‘qib dunyoning TOP-40 taligiga kiruvchi Shanghai Jiao Tong University diplomini ham olish imkoniyati mavjud! Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Tashkent Tech rektori Xudaykulov Adxam Yusupovich hamda Boston Consulting Group (BCG) ekspertlari ishtirokida Shanghai Jiao Tong University (SJTU) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tashkent University of Technology va SJTU o‘rtasida amalga oshirilayotgan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar dastlabki ikki yilni Toshkentda, keyingi ikki yilni Shanxayda davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar. Dastur xalqaro standartlarga mos ta’lim, ilg‘or laboratoriyalar, zamonaviy infratuzilma hamda dunyo darajasidagi professorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu — nafaqat diplom, balki global tajriba, yangi imkoniyatlar va xalqaro karyera sari mustahkam qadamdir. 📞+998 77 288 82 82 📞+998 77 718 82 82 🌐 tashkenttech-edu.uz

16 aprel 2026

39

Joriy yilning 3 aprel kuni Siradjev Ilxom Toxirovich Toshkent Texnologiyalar Universitetiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 3 aprel kuni Siradjev Ilxom Toxirovich Toshkent Texnologiyalar Universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Salomov Uktam Rahimovich va “Boston Consulting Group” vakillari ham ishtirok etdi. Rektor Xudaykulov Adxam Yusupovich universitet imkoniyatlari va xalqaro hamkorliklar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetni rivojlantirish strategiyasi, yangi kampus loyihasi va Foundation dasturi natijalari taqdim etildi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

15 aprel 2026

52

2025/2026 qabul jarayonining bir qismi sifatida tashkil etilgan suhbatlar

O‘zbekiston poytaxtida TASHKENT TECH nomli yangi zamonaviy texnika universiteti tashkil etiladi. Loyiha Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Kecha universitetni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yangi universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi doirasida Toshkent davlat texnika universiteti negizida ishlab chiqiladi va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim elementiga aylanadi. Uning asosiy maqsadi muhandislarning yangi avlodini tayyorlash va yoshlar o‘rtasida texnik mutaxassisliklarning jozibadorligini oshirishdan iborat. TASHKENT TECH kontseptsiyasi Boston Consulting Group xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Ushbu hamkorlik ilg‘or xalqaro standartlar, innovatsion o‘qitish usullari va samarali boshqaruv modellarini ta’lim jarayoniga integratsiyalashga yordam beradi. "Bizning strategik maqsadimiz - jahon standartlariga javob beradigan yangi formatdagi texnik universitet yaratish. Ishonchim komilki, TASHKENT TECH nafaqat universitet, balki Oʻzbekistonning texnologik suvereniteti va barqaror sanoat oʻsishi uchun harakatlantiruvchi kuch boʻladi", - dedi Saida Mirziyoyeva. TASHKENT TECH yuqori malakali texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi institut, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish platformasi hamda mamlakat muhandislik salohiyatini shakllantirishning muhim elementiga aylanishi kutilmoqda.

10 fevral 2026

205

Tashkent Tech Foundation dasturi bo‘yicha kirish testlari natijalari e’lon qilindi

29–30 noyabr kunlari Tashkent Tech bepul Foundation tayyorgarlik dasturi bo‘yicha kirish imtihonlarini o‘tkazdi. Ushbu dastur xalqaro darajadagi muhandislik ta’limini olishni maqsad qilgan abituriyentlarga mo‘ljallangan. Imtihonlar matematika va fizika fanlaridan o‘tkazildi. Saralash jarayonida nafaqat nazariy bilimlar va formulalarni bilish, balki ularni amaliy masalalarni yechishda qo‘llash qobiliyati, mantiqiy fikrlash, diqqatlilik va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qishga bo‘lgan umumiy salohiyat baholandi. Test natijalari allaqachon e’lon qilindi! Har bir abituriyent o‘z natijasini quyidagi usullardan birida bilib olishi mumkin: maxsus Telegram-bot orqali ID raqamini kiritib, e’lon qilingan faylni yuklab olib, yoki call-markazimizga qo‘ng‘iroq qilib. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni tabriklaymiz! Yuqori bilim darajasini ko‘rsatgan abituriyentlar Siz test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdingiz va yuqori natija ko‘rsatdingiz. Siz Tashkent Tech Foundation dasturiga qabul qilindingiz, dastur 2026-yil yanvarida boshlanadi. Universitet vakillari siz bilan bog‘lanib, keyingi bosqichlar bo‘yicha ma’lumot beradi. Kutish ro‘yxatidagi abituriyentlar uchun Ayni paytda siz Foundation dasturiga qabul bo‘yicha kutish ro‘yxatidasiz. Bir hafta ichida universitet xodimlari siz bilan bog‘lanib, keyingi jarayonlar haqida ma’lumot beradi. Tanlovda ishtirok etgan barcha abituriyentlardan minnatdormiz! Sizning muhandislik ta’limiga bo‘lgan qiziqishingizni qadrlaymiz va bilimga intilish — kelajakda O‘zbekiston va butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir qiladigan texnologiyalarni yaratishga olib boradigan muhim qadam ekanligiga ishonamiz. Tashkent Tech barchangizga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi!

10 fevral 2026

162

“ToshTech” universitetining tantanali ochilish marosimi

2026-yil 26-yanvar kuni “ToshTech” universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A. Sharipov, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Rustamovich Fozilkarimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori G.S. Ismailova hamda boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zenergoinjiniring” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbarlari ham marosimda qatnashdilar. Xorijiy hamkorlardan Germaniyaning Bremen universiteti va AQSHning Boston Consulting Group vakillari ishtirok etdilar. Tantanali marosim doirasida faxriy mehmonlar ramziy qizil lentani kesib universitet faoliyatiga rasman start berdilar. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “ToshTech” texnik universiteti hamda Boston Consulting Group o‘rtasida “2026-yilga mo‘ljallangan YO‘L XARITASI” imzolandi. Shuningdek, universitet O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ va “O‘zenergoinjiniring” AJ kabi sanoat korxonalari bilan anglashuv memorandumlarini imzoladi. Ushbu hamkorlik talabalar uchun amaliyot o‘tash, stajirovka, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish va kafolatlangan ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini ochib beradi. “ToshTech” — bu shunchaki ta’lim muassasasi emas, balki g‘oyalar tug‘iladigan, jamoalar shakllanadigan va nazariya innovatsion texnologiyalarga aylanadigan muhandislik ekotizimidir. Universitet O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoning uzoq muddatli iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

10 fevral 2026

285

Tashkent Tech universiteti Ochiq eshiklar kunini o'tkazdi

20-dekabr kuni Tashkent Tech universitetida Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi, unda 300 dan ortiq ishtirokchilar — abituriyentlar, litsey, texnikum, maktab o’quvchilari va ularning ota-onalari tashrif buyurishdi. Tadbir universitet, uning infratuzilmasi, ta'lim dasturlari va o'qituvchilar tarkibi bilan tanishish uchun platformaga aylandi. Ochiq eshiklar kunida universitetning rasmiy taqdimoti bo'lib o'tdi, unda Tashkent Techning missiyasi, strategik maqsadlari va mamlakatda texnik ta'limni rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Acwa Power va BCG xalqaro konsalting kompaniyasi vakillarining chiqishlari abituriyentlar orasida alohida qiziqish uyg'otdi, ular muhandislik kadrlariga bo'lgan talab va ta'limning iqtisodiyot sektori bilan yaqin aloqasi muhimligini ta'kidladilar. Tadbir doirasida, bo'lajak talabalarga universitet ta'lim formatiga moslashishga, asosiy fanlar bo'yicha bilimlarni oshirishga va mutaxassislik tanlash to'g'risida qaror qabul qilishga yordam beradigan abituriyentlar uchun Foundation (tayyorlov kursi) maxsus dasturi taqdim etildi. Ishtirokchilarning ko’pligi, ushbu dasturning dolzarbliligini ko’rsatib berdi. Tadbir kuni Foundation dasturi bo'yicha birinchi kirish darsi bo'lib o'tdi, unda o’quvchilar ta'lim formati, bakalavr yo’nalishiga qabul talablari va imkoniyatlari bilan tanishdilar. Bu bo'lajak talabalarga universitet muhiti va o'qitish darajasini amalda his qilish imkonini berdi. Tashkent Tech Universitetidagi Ochiq eshiklar kuni yoshlarning texnik ta'limga katta qiziqishini ko’rsatdi va universitetning yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan zamonaviy, istiqbolli va jadal rivojlanayotgan ta'lim muassasasi maqomini tasdiqladi.

10 fevral 2026

261

Tashkent Tech “Foundations” dasturi uchun birinchi kirish imtihonlari o‘tkazdi — maqsad: yangi avlod muhandislarini tayyorlash

29–30 noyabr kunlari Tashkent University of Technology (Tashkent Tech) “Foundations” dasturida ishtirok etish uchun tanlov test sinovlarini o‘tkazdi. “Foundations” — 11-sinf o‘quvchilari uchun matematika va fizikadan bepul tayyorlov kursi bo‘lib, uning maqsadi — STEM yo‘nalishidagi asosiy bilimlarni mustahkamlash va abituriyentlarni universitet ta’limiga tayyorlashdir. Test sinovlarida 200 dan ortiq nomzod ishtirok etib, dasturga bo‘lgan katta qiziqishlari va o‘qishni tezroq boshlash istaklarini namoyon etdilar. “Foundations” dasturi o‘zbek va rus tillarida olib boriladi, bu esa mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan motivatsiyasi yuqori o‘quvchilar uchun keng imkoniyat yaratadi. Kurs materiallari va tuzilmasi STEM dasturlarini yaratish va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega xalqaro universitet – Constructor University (Germaniya) jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dasturda zamonaviy o‘qitish usullari, amaliy mashg‘ulotlar va muhandislik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan yondashuv birlashtirilgan. Tashkent Tech rektori Adham Xudayqulovning so‘zlariga ko‘ra, dasturning ishga tushirilishi universitet uchun strategik ahamiyatga ega: «Tashkent Tech 5, 10 va hatto 15 yildan keyin talab qilinadigan mutaxassisliklar bo‘yicha yangi avlod muhandislarini tayyorlashni maqsad qilgan. Maktab o‘quvchilari STEM yo‘nalishlarida qanchalik erta tizimli tayyorgarlikni boshlasalar, universitet ta’limiga shunchalik tez moslashadi va kelajak kasbini ongli ravishda tanlaydi. “Foundations” dasturi — ana shu yo‘nalishdagi birinchi qadam. O‘quvchilar o‘rtasidagi bunday yuqori qiziqish bizni quvontiradi» - deb qayd etdilar. Constructor University’ning iqtidorli yoshlar bilan ishlash dasturlari direktori Olga Kornienko esa erta kasbiy yo‘naltirish va texnik fanlarni chuqur o‘rganishning ahamiyatini qo‘shimcha qilib: "Maktab o‘quvchilarida STEM fanlariga qiziqishni kuchaytirish orqali biz muhandislik va texnologiya sohalarida kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun poydevor yaratmoqdamiz. Tashkent Tech bilan hamkorlik qilishdan va O‘zbekistonda STEM ta’limining rivojlantirishga hissa qo‘shishdan mamnunmiz » - deb aytdilar. “Foundations” dasturining yaratilishi Tashkent Tech universitetining missiyasini aks ettiradi — mamlakatda kelajak texnologik iqtisodiyoti ehtiyojlariga javob beroladigan zamonaviy muhandislik ta’lim ekotizimini shakllantirish. Milliy va xalqaro mehnat bozori tadqiqotlari shuni tasdiqlaydiki, STEM bo‘yicha maqsadli tayyorgarlik qanchalik erta boshlansa, talabalarning muhandislik dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlashlari, innovatsion loyihalarda o‘zlarini ko‘rsatishlari va yuqori texnologiyali sohalarda martaba qurish imkoniyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. “Foundations” dasturining boshlanishi Tashkent Tech rivojida muhim bosqich boʻladi va oʻquvchilarda mamlakatning kelgusi oʻn yilliklarda rivojlanishini shakllantiradigan texnik sohalarga doimiy qiziqishlarini oshirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

10 fevral 2026

125

ToshTech va Shanxay Jiao Tong universiteti (SJTU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil 29-yanvar kuni Toshkent texnologiya universitetida (ToshTech) dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti (SJTU) delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrifning asosiy natijasi sifatida ikki universitet o‘rtasida uzoq muddatli akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratuvchi O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Uchrashuvda ToshTech universiteti rektori, professor Adham Xudaykulov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari Lola Badalova va Nargiza Saatova, shuningdek, Boston Consulting Group (BCG) mutaxassislari Pavel Zolotaryov va Aleksey Gusev ishtirok etishdi. Shanxay Jiao Tong universiteti delegatsiyasiga vitse-prezident, professor Chjan Chjaoguo boshchilik qildi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Global hamkorlik va almashinuv departamenti direktori o‘rinbosari, professor Van Syan, mutaxassislar Li Yunyuan va Chen Xayley hamda Talabalar innovatsion markazi vakillari — Sun Syumin, Chu Penshji va Fen Syao o‘rin oldi. Ta’kidlash joizki, 1896-yilda tashkil etilgan Shanxay Jiao Tong universiteti nafaqat Xitoyning, balki dunyoning eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Universitetning nufuzli xalqaro reytinglardagi yuqori o‘rinlari uning akademik va ilmiy salohiyatini yaqqol aks ettiradi: QS World University Rankings va Times Higher Education (THE) talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 50 ta universiteti qatoriga kiradi; Jahon universitetlarining akademik reytingida (ARWU) 10-o ‘rinni egallab, biomeditsina muhandisligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni, muhandislik fanlari bo‘yicha esa 2-o‘rinni egallab kelmoqda; Universitetning robototexnika, sun’iy intellekt va kompyuter fanlari sohasidagi ta’lim va tadqiqot dasturlari jahon muhandislik hamjamiyatida eng ilg‘or dasturlardan biri sifatida tan olingan. Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar: Talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish; Qo‘shma va ikki tomonlama diplom dasturlarini, jumladan, «2+2» formatini amalga oshirish; Talabalar uchun yozgi maktablar, stajirovka va amaliyot dasturlarini tashkil etish; O‘qituvchilarning hamkor universitetlar ta’lim va tadqiqot faoliyatidagi ishtirokini ta’minlash; Qo‘shma konferensiya, tanlovlar va akademik tadbirlar o‘tkazish; Xalqaro o‘qituvchi va ekspertlarni jalb qilish. Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar hamda O‘zbekiston va Xitoyda muhandislik ta’limi va ilm-fan salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli, barqaror va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

9 fevral 2026

365