Xushxabar! ToshTech texnika universiteti talabasi — Jahon chempionlari safida!
2026-yil 7–10-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 dan ortiq mamlakat yoshlarini birlashtirgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika chempionati bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi barcha 16 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi. Jamoamiz birinchi o‘rin va uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Faxrli jihati — O‘zbekiston terma jamoasi safida “ToshTech” texnika universiteti talabasi Ayubxon Miraxmedov ham ishtirok etib, ushbu g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi! Ayubxon va terma jamoamizni ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatlarida yangi ixtirolar va xalqaro muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“ToshTech” texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mahmudovich Mamadaminov tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmon universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda energetika sohasi istiqbollari, zamonaviy texnologiyalar, soha oldidagi dolzarb vazifalar hamda yosh mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ochiq muloqot talabalar uchun o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, sohaga oid fikrlarini bildirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari yuzasidan muhim tavsiyalar olish imkonini berdi. Bunday uchrashuvlar talabalar va soha mutaxassislari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda energetika sohasining kelajakdagi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
ToshTech texnika universitetida STAMD 2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida “Science and Technology of Advanced Materials and Devices” (STAMD 2026) V xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy konferensiya ilg‘or materiallar va zamonaviy qurilmalar sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Konferensiya dasturida nanomateriallar, quyosh energetikasi, biotibbiyot, optoelektronika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga oid ma’ruzalar o‘rin oldi. Tadbirda ToshTech texnika universiteti, Nazarbayev University, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, Al-Farabi Kazakh National University, Kazakh-British Technical University, O'zbekiston texnologik metallar kombinati hamda boshqa ilmiy tashkilotlarning professorlari, tadqiqotchilari va xalqaro taklif etilgan ma’ruzachilari ishtirok etdi. Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikning yutuq va istiqbollariga bag‘ishlangan “Successes and Challenges on Collaboration Between University and Industry” mavzusida panel sessiyasi ham tashkil etildi. STAMD 2026 konferensiyasi ilm-fan va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or ishlanmalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
ToshTech texnika universitetida STAMD 2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida “Science and Technology of Advanced Materials and Devices” (STAMD 2026) V xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro ilmiy konferensiya ilg‘or materiallar va zamonaviy qurilmalar sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Konferensiya dasturida nanomateriallar, quyosh energetikasi, biotibbiyot, optoelektronika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga oid ma’ruzalar o‘rin olgan. Tadbirda ToshTech texnika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, Nazarbayev University, Al-Farabi Kazakh National University, Kazakh-British Technical University hamda boshqa ilmiy tashkilotlarning professorlari, tadqiqotchilari va xalqaro taklif etilgan ma’ruzachilari ishtirok etadi. Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikning yutuq va istiqbollariga bag‘ishlangan “Successes and Challenges on Collaboration Between University and Industry” mavzusida panel sessiyasi ham tashkil etiladi. STAMD 2026 konferensiyasi ilm-fan va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or ishlanmalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Konferensiya 2026-yil 6–7-oktabr kunlari ToshTech texnika universitetida bo'lib o'tadi.
“ToshTech” texnika universitetiga Kioto universiteti vakillari tashrif buyurdi
Tashrif davomida mehmonlar universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, akademik aloqalarni rivojlantirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, “ToshTech” talabalari uchun Yaponiyada qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur tashabbus talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda. Uchrashuv doirasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun: Kioto universiteti QS World University Rankings 2027 reytingida 64-o‘rinni egallagan. Universitet fundamental fanlar va muhandislik sohasidagi tadqiqotlari, shuningdek, Nobel mukofoti va Filds medali sovrindorlari bilan tanilgan.
“Kelajakka qadam”: yoshlar va bitiruvchilar uchun tadbirkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlari
“Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi kredit mahsulotlari yoshlar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mavjud biznesni kengaytirish hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaydigan korxonalar loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.Quyida dastur doirasidagi to‘rtta kredit mahsuloti — “Tadbirkorlikka ilk qadam”, “Biznes start”, “Biznes progress” va “Talaba invest” bo‘yicha asosiy shartlar keltirilgan.Barcha kredit mahsulotlari uchun umumiy shartlar- Foiz stavkasi: Markaziy bank asosiy stavkasi + 1%.- Moliyalashtirish manbasi: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi.- Kredit ajratishga to‘sqinlik qiluvchi omillar: salbiy kredit tarixining yoki kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi.1. Tadbirkorlikka ilk qadamMaqsadi: o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar va o‘z biznesini boshlayotgan bitiruvchilarning biznes g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.Kredit oluvchilar: 31 yoshga to‘lmagan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar va bitiruvchilar.- Kredit miqdori: 20 million so‘mgacha.- Kredit muddati: 18 oygacha.- Imtiyozli davr: 6 oygacha.- Ta’minot: kredit qaytmasligi xatarini qoplovchi sug‘urta kompaniyasi polisi.Alohida shartlar: ariza beruvchi kredit olish uchun murojaat qilgan vaqtda 18 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lishi hamda salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi kerak.2. Biznes startMaqsadi: zarur biznes ko‘nikmalariga ega bo‘lgan va tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlashni istagan bitiruvchilar hamda yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish.Kredit oluvchilar:- Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, shuningdek yoshlar.- Ta’sischisi yoki rahbari oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yoxud yosh shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar.Kredit miqdori: 300 million so‘mgacha.Kredit muddati:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 60 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha.Imtiyozli davr:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 12 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha.Ta’minot:- 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun — sug‘urta polisi.- 100 million so‘mdan ortiq kreditlar uchun — likvid garov.Alohida shartlar:- Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etayotgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda yoshlarning “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etishi.- Salbiy kredit tarixi mavjud bo‘lmasligi.- Bitiruvchining oliy ta’lim muassasasini tamomlaganiga besh yildan oshmagan bo‘lishi.- Qarz oluvchi — yosh tadbirkor — ariza berilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshdan katta bo‘lmagan jismoniy shaxs bo‘lishi.3. Biznes progressMaqsadi: o‘z biznesini boshlagan va tadbirkor sifatida faoliyatini kengaytirishni istagan talabalar hamda yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish.Kredit oluvchilar:- Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, shuningdek yoshlar.- Ta’sischisi yoki rahbari oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yoxud yosh shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar.Kredit miqdori: 2 milliard so‘mgacha. Limit mijozning mavjud kredit qarzdorligini hisobga olmagan holda belgilanadi.Kredit muddati:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 84 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha.Imtiyozli davr:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 24 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha.Ta’minot: kredit miqdorining 125 foizini qoplaydigan likvid garov.Alohida shartlar:- Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etayotgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etishi.- Salbiy kredit tarixi mavjud bo‘lmasligi.- Kamida ikkita ish o‘rni yaratish.- Bitiruvchining oliy ta’lim muassasasini tamomlaganiga besh yildan oshmagan bo‘lishi.- Qarz oluvchi — yosh tadbirkor — ariza berilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshdan katta bo‘lmagan jismoniy shaxs bo‘lishi.4. Talaba investMaqsadi: oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va 31 yoshga to‘lmagan yoshlarni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarini moliyalashtirish.Kredit oluvchilar: oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari yoki yoshlarni ishga oladigan tadbirkorlik subyektlari.Kredit miqdori: 10 milliard so‘mgacha. Limit mijozning mavjud kredit qarzdorligini hisobga olmagan holda belgilanadi.Kredit muddati:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 84 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha.Imtiyozli davr:- Asosiy vositalarni sotib olish uchun — 24 oygacha.- Aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha.Ta’minot: kredit miqdorining 125 foizini qoplaydigan likvid garov.Alohida shartlar:- Imtiyozli kredit ajratilishiga asos bo‘lgan bitiruvchi yoki yosh shaxs bilan mehnat shartnomasi ikki yil ichida bekor qilinsa va uning o‘rniga bir oy ichida boshqa bitiruvchi yoki yosh shaxs ishga olinmasa, kredit foiz stavkasi mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan boshlab tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.- Hisobvaraq bo‘yicha aylanma mavjud bo‘lishi kerak.- Loyiha tashabbuskori loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim.Eslatma: ariza berishdan oldin amaldagi kredit shartlari, talab etiladigan hujjatlar va talablarga muvofiqligingizni kredit beruvchi bank bilan aniqlashtiring.
ToshTech texnika universiteti vakili CDIO Asia Regional Meeting 2026 tadbirida ishtirok etdi
23–26-sentabr kunlari Qozog‘istonning O‘skemen shahrida D. Serikbayev East Kazakhstan Technical University mezbonligida CDIO Asia Regional Meeting 2026 bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ToshTech texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti dekani Mohammad Reza Bahrami ishtirok etib, mintaqadagi muhandislik ta’limini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, sanoat va oliy ta’lim hamkorligi hamda sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni bo‘yicha tajriba almashdi. Tadbir davomida CDIO (Conceive, Design, Implement, Operate) yondashuviga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yondashuv talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ularni muammolarni aniqlash, yechimlarni loyihalash, amalga oshirish va real sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni nazarda tutadi. Shuningdek, talabalarni ta’limning dastlabki bosqichlaridanoq amaliy loyihalarga jalb etish, muhandislik tafakkurini rivojlantirish hamda sun’iy intellektdan fikrlash va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida olingan ilg‘or tajribalar ToshTechda muhandislik ta’limini yanada takomillashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini rivojlantirish va zamonaviy kompetensiyalarga ega muhandislarni tayyorlashda qo‘llaniladi. ToshTech xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali muhandislik ta’limining yangi imkoniyatlarini izchil rivojlantirmoqda.
“ToshTech” texnika universitetiga Yandex Uzbekistan kompaniyasining vakillari tashrif buyurdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv muhiti hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashrif doirasida Nikita Dontsov (Yandex Uzbekistan kompaniyasining yetakchi mutaxassisi) tomonidan “AI Transformation – Employee and Employer Perspectives” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza davomida sun’iy intellektning zamonaviy ish jarayonlariga ta’siri, xodim va ish beruvchi nuqtayi nazaridan AI transformatsiyasi, shuningdek, kompaniyalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari haqida so‘z yuritildi. Spiker o‘zining dasturiy ta’minot muhandisi sifatidagi amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi hamda kompaniyaning AI texnologiyalarini joriy etish borasidagi yondashuvlari haqida ma’lumot berdi
ToshTech texnika universitetida talabalar uchun WELCOME PARTY bo'lib o'tdi
Talabalar uchun tashkil etilgan Welcome Party yangi tanishuvlar, samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatga boy bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar bir-biri bilan tanishib, yangi do‘stlar orttirdi, fikr va qiziqishlarini baham ko‘rdi hamda o‘zaro networking uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Kechaga musiqa, raqs, interaktiv kvizlar va turli qiziqarli faoliyatlar alohida kayfiyat bag‘ishladi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri “Muhandis D” ning noodatiy va qiziqarli tajribalari bo‘ldi. Bu oqshom — yangi do‘stliklar, yangi tanishuvlar va ToshTech’dagi yangi hayotning ilk xotiralaridan biri bo‘ldi.